Kechikayotgan hayzni qanday chaqirish mumkin?

Birinchi sabablarga e’tibor qarating:
- hayzning kechikishiga homiladorlik ham sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun turli xil chaqirtiruvchi usullardan foydalanishdan oldin homiladorlikka test topshirib ko‘ring. Unutmang, chaqirish bilan bo‘gliq har qanday usul sog‘ligingizga yomon ta‘sir ko‘rsatishi mumkin,
- hayzni bezarar chaqirishning enf samarali yo‘li – bu oldindan gormonal kontrasept preparatlarni qabul qilishni boshlash,
- issiq hammom, zanjabil va petrushkalik choy, jismoniy faollik – hali o‘z tasdig‘ini topmagan, biroq keng qo‘llaniladigan gormonsiz usullardir.
Hayzning sanasi va siklini ham boshqarib bo‘ladi. Misol uchun, muhim tadbirda u bilan ovora bo‘lmaslik uchun uni kechiktirishingiz yoki oldindan chaqirishingiz mumkin. Bunda asosiy qoida, holatingizni to‘liq bilishingizdir, ya‘ni hayz hamoladorlik tufayli kechga qolmayotganini aniqlashtirishingizdir.
Hayzni qanday chaqirish mumkin?
Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun avvalambor ushbu bosqich haqisa to’liq bilib olganimiz yaxshi. Ovulyatsiya davrida ayol tanasi ushbu jarayonga tayyorlanadi. Estrogen va progesteron gormonlari ta’siri ostida endometrium, bachadonning ichki qoplamini o‘zgartiradi: u qalinlashib, yumshoqlashadi. Agar tuxum urug‘langan bo‘lsa, bachadonga tushadi va bo‘sh endometriumga joylashadi – shundan homiladorlik bosqichi boshlanadi. Buning aksi sifatida tuxum urug‘lanmagan bo‘lsa, endometrium qoplami undan xalos bo‘ladi. Buning natijasida progesteron gormoni keskin pasayadi. Endometrium qavati quriydi va bachadon bilan bog‘langan tomirlar yoriladi va bachadon keraksiz endometrium qavatini yuvib, tushirib yuboradi. Bunda estrogen gormoni darajasi ham ko‘tariladi va bachadondan barcha keraksiz moddalar qon orqali chiqib ketadi.
Bundan kelib chiqib, hayzni ikkita yo‘l bilan chaqirish mumkin:
Gormonal yo‘l bilan, ya‘ni shilliq qavatni quritadigan gormonal dorilarni qabul qilish orqali. Agar siz biror bir muhim voqeaga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, ushbu usulni necha oy qolganda boshlasangiz bo‘ladi.
Gormonal bo‘lmagan, ya‘ni endometriumni bachadon devorlari bilan bog‘laydigan tomirlar yorilishi uchun sharoit yaratish. Ammo ushbu usul bilan katta tomirlarga zarar yetkazish va bachadondan qon ketishiga olib kelish mumkin. Ayniqsa, homiladorlik ehtimoli mavjud bo‘lsa. Agar sizning siklingiz noto‘g‘ri va doimiy bo‘lmasa gindekorog ko‘riga tavsiya etiladi.
Hayzni gormonal usul orqali qanday chaqirish mumkin
Ushbu bosqichga oldindan harakat qilish kerak bo‘ladi. Agar oldinda muhim tadbiringiz bo‘lsa, unda ginekolog bilan maslahatlashib, gormonal kontraseptlarini bir necha oy oldindan qabul qilishni boshlashingiz kerak bo‘ladi. So‘ng preparatni hayz ko‘rishni rejalashtirmoqchi bo‘lgan kundan bir necha kun oldin to‘xtating. Shunda sizning gormonal holatingiz o‘zgaradi va hayzingiz keladi. Ikkinchi usul esa bir kurslik preparatni boshlab, kerakli vaqtda to‘xtatishdir.
Kseniya Gogichashvili – W klinikasining akusher-ginekologi
Bunga oldindan harakat qilish va hayz ko‘rishni kechiktirish kerak bo‘lgan paytdan bir necha oy oldin gormonal kontratseptiv vositalarni qabul qilishni boshlash yaxshiroqdir. Chunki dastlabki uch oyda organizm KOKni qabul qilishga moslashadi va vaqti-vaqti bilan qon ketish jarayoni kuzatilishi mumkin. Agar KOKni o‘sha oyning o‘zida qabul qilishni boshlasangiz, ehtimol, ushbu usul ish bermasligi mumkin. Bu ikkala usul ham xavfsiz, ammo ovulyatsiyani susaytiradidan KOK preparatlarida qo‘llash bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Ularni xohlagan paytda to‘xtatish mumkin emas, ask holda hayzning sikli buzilishi va og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kseniya Gogichashvili – W klinikasining akusher-ginekologi
KOK preparatlarining qarshi ko‘rsatmalari yetarkicha. Shuning uchun ham u faqat mutaxassislar tavsiya asosida qo‘llaniladi. Asosiy qarshi ko‘rsatmalarga: homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davr, emizish, 35 yoshdan oshgan chekish, yurak-qon tomir kasalliklari, tromboz va yurak-qon tizimidagi ma‘lum mutatsiyalar, migren, ba‘zi revmatik kasalliklar va ko‘krak saratoni kiradi. Shuningdek, ba‘zi qarshi ko‘rsatmalarda vaqt bo‘yich ham chegralar beldilangan. Agar ushu preparat sizga to‘g‘ri kelmasa, unda estrogensiz gormonal kontratseptsiyali davolashni qo‘llash mumkin.
Gormonalsiz usul bilan hayzni qanday chaqirish mumkin
Eslatib o‘tamiz, biror bir usulni qo‘llashdan oldin albatta ginekolog ko‘rigiga boring shunda sog‘ligingizga ham zarar yetmaydi. Hayzning kechikishiga stress, akklimatizatsiya, ovqatlanish, charchoq, jismoniy zo‘riqish sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlar gormonal darajaga ta’sir ko‘rsatib, ba’zida hayzni kech ko‘rishga olib keladi. Bunday hollarda shoshmasdan hayzni 1-2 kun kutish tavsiya etiladi. Homiladorlik kuzatilmayotgan bo‘lsa ushbu bosqichni tezlashtirishingiz ham mumkin, biroq bularning hali hech bir o‘z tasdig‘ini topmagan.
1. Zanjabil yoki petrushka choyi
Bir stakan suvda tozalangan va mayda tug‘ralgan zanjabil ildizining kichik bo‘lagini 5-7 daqiqa qaynatib oling. Siqib oling, ta’bga ko‘ra shakar yoki asal qo‘shing. Shuningdek, petrushkali choyni ham tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun 2 osh qoshiq mayda tug‘ralgan yangi ko‘‘katlarga bir stakan qaynoq suv soling va besh daqiqa davomida ushlab turing. Ikkala ichimlik ham bachadonning yengil qisqarishiga olib kelishi va hayzni tezroq chaqirishi mumkin.
2. Issiq hammom qabul qiling
Birinchidan, yuqori harorat qon aylanishini yaxshilaydi, shu jumladan tos a‘zolarida ham. Buning natijasida bachadon qisqarishi xavfi va hayz ko‘rishning tez boshlanishi ehtimoli ortadi. Ikkinchidan, issiq hammom odamni bo‘shashtiradi va stressni yengillashtiradi, bu hayz ko‘rishni kechiktirishi ham mumkin. Bundan tashqari, qorinning pastki qismiga iliq kompress qo‘yishingiz mumkin. Isitish yostig‘idan foydalaning agar u bo‘lmasa, issiq suv va plastik shishadan qiling.
3. Dam oling
Buning maqsadi stressni bartaraf etishdir. Dam olish kunini oling, divanda kitob bilan dam oling, yoga qiling, nafas olish mashqlarini bajaring yoki boshqa dam olish usulidan foydalaning. Agar siz sport bilan faol shug‘ullansangiz, uni to‘xtating, chunki zo‘riqish ham hayz ko‘rishning kechikishiga olib kelishi mumkin.
4. Mashq qiling
Mashqlar tos a‘zolarida qonni yaxshi aylanishga yordam berishi kerak, aks holda teskari ta’sirga olib kelishi mumkin.
5. Jinsiy aloqada bo‘ling
Birinchidan, siz bachadon hududida qon aylanishini tezlashtirasiz. Ikkinchidan, stressni yengillashtirasiz.
6. Apelsin yeyishga harakat qiling
Yoki har qanday tsitrus mevalari, shuningdek S vitaminiga boy bo‘lgan boshqa meva va sabzavotlar: qora smorodina, brokkoli, ismaloq, karam, qizil va yashil qalampirni iste’mol qiling. Askorbin kislotasi estrogen darajasini oshirishi va progesteron miqdorini kamaytirishi mumkin. Ya’ni, ehtimol, endometrium ko‘chishni boshlaydi va bachadon faol ravishda qisqaradi. Va hayz ko‘rish tezlashadi.
Shoshilinch tibbiy yordamga qachon murojaat qilish kerak
Agar hayz ko‘rish juda og‘ir kechsa va siz ko‘p qon yo‘qotayotganingizni his qilsangiz, darhol tez yordamni chaqiring. Bundan tashqari, agar siz gigiyenik tagliklarda katta miqdordagi qon quyqalarini ko‘rsangiz yoki hayz ko‘rish bir necha kun davom etsa va uning intensivligi pasaymasa, ginekolog bilan maslahatlashishni unutmang. Bu davolanishni talab qiladigan turli xil kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin.