Og'ir vazn bilan kam shug'ullanish to'g'rimi yoki yengil vazn bilan ko'p shug’ullanish?

Kuch va funksional mashg‘ulotlar olamida og'ir vazn bilan kam shug'ullanish yoki yengil vazn bilan ko'p shug'ullanish o‘rtasidagi tanlov eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biridir. Qaysi usul yaxshiroq degan savolga aniq javob yo‘q, chunki bu tanlov insonning maqsadlari, tayyorgarlik darajasi va jismoniy xususiyatlariga bog‘liq. Keling, har ikki usul qaysi vazifalarni bajarishi va qaysi mashg‘ulot rejimi siz uchun mosligini ko'rib chiqamiz.
Og‘ir vazn bilan kam shug'ullanish: kuch va hajm sari yo‘l
Kam takrorlash (1 dan 6 tagacha) va og‘ir vazn bilan ishlash maksimal kuch va mushak gipertrofiyasini rivojlantirishga qaratilgan. Bu usul qisqa va kuchli zo‘riqishlar uchun javob beradigan tez qisqaruvchi mushak tolalarini faollashtiradi. Vazn qancha og‘ir va takrorlash qancha kam bo‘lsa, mushaklar va nerv tizimiga tushadigan yuk shuncha katta bo‘ladi. Bu esa ularning moslashuvi va kuchining oshishiga olib keladi.
Afzalliklari:
- Kuch va quvvatni oshirish.
- Mushak massasining o‘sishi.
- Suyak zichligini yaxshilash.
Kamchiliklari:
- Jarohatlar xavfi yuqori.
- Nerv tizimiga katta yuk tushishi.
Yengil vazn bilan ko'p shug'ullanish: chidamlilik va tonus
Qarama-qarshi metod — yengil vazn bilan ko‘p takrorlash (15 va undan ko'p) bilan ishlash mushak chidamliligi va umumiy tonusni rivojlantirishga qaratilgan. Bu usul uzoq davom etuvchi, ammo kam intensivlikdagi yuklarga bardosh beradigan sekin qisqaruvchi mushak tolalarini ishga tushiradi. Ushbu usul mushaklar relyefini yaxshilash, tonusni oshirish va chidamlilikni kuchaytirishni xohlovchilar uchun mos keladi.
Afzalliklari:
- Chidamlilikni oshirish.
- Yurak-qon tomir tizimini yaxshilash.
- Jarohatlar xavfi kam.
Kamchiliklari:
- Kuch va mushak massasining sezilarli o‘smasligi.
- Yuqori intensivlikka erishish qiyinligi.
To'g'ri metod qanday tanlanadi?
Mashg‘ulot metodini tanlash maqsadlaringizga bog‘liq:
- Agar maqsadingiz kuch va mushak massasini oshirish
- Agar chidamlilik va mushak relyefini yaxshilash
Ko‘p tomonlama rivojlanishni xohlasangiz, har ikkala usulni ham mashg‘ulot dasturiga kiritishingiz mumkin. Masalan, kuch va hajm uchun og‘ir mashg‘ulotlar, chidamlilik uchun yengil mashg‘ulotlar. Bunday yondashuv turli maqsadlarga bir vaqtda erishishga yordam beradi va jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajada ushlab turadi.
Xulosa:
Hech qaysi yondashuv universal emas. To‘g‘ri tanlov maqsadlaringiz, organizmingiz holati va tayyorgarlik darajangizga bog‘liq. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish, texnika va dam olish qoidalariga rioya qilish muvaffaqiyat kalitidir.