Ta’limda texnologiyalardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari

Texnologiyalar hayot tarzimizni, muloqotimizni va hatto ta’lim olish usulimizni o‘zgartirdi. Ta’limga texnologiyalarning kirib kelishi ko‘plab afzalliklarni olib keldi, biroq e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan ayrim kamchiliklar ham mavjud. Masofaviy ta’lim har kimga ham, har qanday vaziyatda ham mos kelavermaydi; u sizga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun ko‘plab omillarni hisobga olishingiz kerak bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim o‘zi nima?
Siz "masofaviy ta’lim," "onlayn ta’lim" kabi atamalarni uchratishingiz mumkin. U an’anaviy sinf xonasidan tashqarida mustaqil ravishda ta’lim olishning keng qamrovli tushunchasi sifatida ishlatamiz.
Masofaviy ta’limning afzalliklari
Moslashuvchanlik
Siz o‘zingizga qulay vaqtda ta’lim olishingiz va o‘qishni boshqa majburiyatlaringiz bilan uyg‘unlashtirishingiz mumkin. O‘z uyingizda, ish joyingizda, kutubxonada yoki dunyoning istalgan nuqtasidagi qahvaxonada tahsil olishingiz imkoni bor!
Geografik cheklovlarning yo‘qligi
Siz faqat o‘z hududingizdagi kurslar bilan chegaralanib qolmaysiz. Bu, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilsangiz yoki ko‘p sayohat qilsangiz, juda foydali. Yoxud keng tarqalmagan kursni o‘qimoqchi bo‘lsangiz ham imkoniyat bor.
Vaqt cheklovlarining yo‘qligi
Kursni xohlagan paytingizda boshlashingiz mumkin. Yoki mashg‘ulotlarni boshlash uchun bir nechta sana orasidan tanlov qilishingiz mumkin.
Masofaviy ta’limning kamchiliklari
Sizga motivatsiya va vaqt zarur
Hatto repetitor yordami bo‘lsa ham, bajargan ishingiz uchun sizni rag‘batlantiruvchi o‘qituvchingiz bo‘lmaydi. Mustaqil o‘qish uchun o‘zingizda yetarli intizom borligini o‘ylab ko‘ring - axir har doim ham chalg‘imaslik oson emas! Omadingiz kelsa, mashg‘ulotlar uchun sokin joy va yoningizda sizni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar bo‘ladi. Bundan tashqari, kursga qarab, talabalarning onlayn hamjamiyati ham mavjud bo‘lishi mumkin. O‘qishga qancha vaqt ajratishingiz kerakligini albatta aniqlab oling va bunga vaqtingiz bormi, degan savolga o‘zingizga rostgo‘y javob bering.
Ijtimoiy imkoniyatlarni boy berayotganingizni his qilishingiz mumkin.
Agar siz auditoriya mashg‘ulotlari o‘rniga masofaviy ta’lim kursini tanlasangiz, boshqa talabalar bilan muloqot qilish va kollej/universitet hayotida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lmasligingiz haqida o‘ylab ko‘ring.
Ishonchsiz kurslardan ehtiyot bo‘ling
Masofaviy ta’lim kurslarini taqdim etuvchilar kollejlar va universitetlar kabi qat’iy nazorat qilinmasligi mumkin va kurslarning sifati turlicha bo‘lishi ehtimoli bor. Ularning ayrimlari faqat pulingizni olishga intiladi, shuning uchun qaror qabul qilishdan oldin sinchiklab tekshiring. Talabalarning kursni tashlab ketishi va ularning o‘zlashtirish darajasi, shuningdek, bitiruvchilar nima bilan shug‘ullanayotgani haqida ma’lumot oling, ayniqsa, agar siz karyerangizni boshlash yoki rivojlantirish uchun yordam beradigan kursni tanlayotgan bo‘lsangiz.
Malaka orttirish uchun masofaviy ta’lim kursini o‘qimoqchimisiz yoki shunchaki bilim olishdan zavqlanmoqchimisiz, baribir yuqorida o‘qiganingizdek, ko‘plab omillarni hisobga olishingiz lozim. Agar siz puxta tayyorgarlik ko‘rib, kursni to‘g‘ri tanlasangiz va yaxshi tayyorlansangiz, shubhasiz, ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lasiz.