Uyda har doim yoqimli hidni saqlash uchun nima qilish kerak? shamlar, honaki o'simliklar va soda

1. Gilamlarni yangilang
Ular hidlarni juda yaxshi singdiradi. Agar gilamga ovqat to'kkan bo’lsangiz yoki uy hayvonlaringiz bo'lsa, hid butun honadoningizdagi ruhni buzishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun uning yuzasiga soda sepib, bir necha soatga qoldiring va keyin pilesoslab oling. Ushbu usul hayvonlarning axlatlari bilan ham ish beradi, ular ham yoqimsiz hidlarni chiqarishi mumkin.
2. Axlat qutisini tozalang
Unda oziq-ovqat va boshqa chiqindilarning zarralari qolishi mumkin. Uni yaxshilab yuvib tashlang va quriganidan so'ng, axlat qutisi ostiga efir moyi bilan namlangan paxta qo'ying. Bunday amaliyotni muntazam ravishda bajarishni unutmang.
3. Meva yoki o'tlarni suvda qaynatib oling
Kichkina idishga suv quyib, limon yoki apelsin bo'laklari, yalpiz yoki lavanda qo'shing. Qaynatgandan keyin suvni olovda bir muddat ushlab turing va tez orada sizning kvartirangiz yoqimli hidlar bilan to'ladi. Tajriba qilib, ta'bingizga qarab meva va o'tlarni tanlang.
4. Kvartirada xushbo'y shamlar joylashtiring
Ularni yoqish ham kerak emas. Choyshab, kiyim-kechak shkaflari va boshqa kutilmagan joylarga sham qo'ying. Har safar eshikni ochganingizda, siz o'zingiz yoqtirgan hidni his qilasiz, kiyim-kechak va boshqa narsalaringiz ham hidni o'ziga singdirib oladi.
5. Xonaki o'simliklarni o’stiring
Ular nafaqat sizning uyingizni bezatadi, balki havoni tozalaydi. Ba'zilari masalan, Geranium, lavanda yoki evkalipt uyni yoqimli hid bilan to'ldiradi. Faqat ularga g'amxo'rlik qilishga tayyor bo'ling.
6. Ventilyasiya tizimlarini ishga soling
Ularga avtomobil hid taratuvchisini mustahkamlang. Havo ular orqali o'tganda, kvartira bo'ylab yoqimli hid tarqaladi.